Elektron bazadan 94 ta tarixiy yodgorlik haqida ma’lumot o‘rin olgan

    Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan Xiva shahridagi me’moriy yodgorliklarning texnik holatlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasida Xiva tarixiy me’moriy obidalari va ularning texnik holatlariga oid ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.

    Ma’lumotlar bazasi “Ichan-Qal’a” va “Deshon-Qal’a” hududida joylashgan tarixiy me’moriy yodgorliklarning texnik holatini o‘rganishga doir kompleks ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan. Elektron ma’lumotlar bazasidan YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ichan Qal’a boshqaruv rejalarini ishlab chiqish harakat rejasi” xalqaro loyihasini bajarishda va Xiva tarixiy-me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash ishlarida amalda keng foydalanilgan.

    Katalog tarzida tayyorlangan elektron ma’lumotlar bazasida ilk bora Xivadagi jami - 94 ta tarixiy me’moriy yodgorliklarning fotosuratlari, texnik holatlari, qurilmalari va ularning tarixi bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar keltirilgan.