Volontyorlik bizga begona emas
Xalqimizda koʻngillilik (volontyorlik) madaniyati azal-azaldan rivojlangan. Uy qurish, ariq qazish, yoʻl yoki bogʻ-rogʻlarni tozalash, daraxt ekishda bir tanu bir jon boʻlib xizmat qilish, hasharda elka tutib mahalladoshlariga koʻmak berish goʻzal qadriyatlardan sanaladi. Bu ezgu amal yangicha shakl va mazmun kasb etib, bugungi kunda volontyorlar harakati bilan uygʻun boʻlib bormoqda.