Bolalar kutubxonalari va maktab kutubxonalari uchun xorijiy davlatlar kutubxonalariga sayohatlar uyushtirish imkoniyatini beruvchi virtual maydonlar tashkil etildi.
www.kitob.uz platformasidagi “VR kutubxona” bo‘limiga qo‘shilgan mazkur maydonda xorijiy davlatlarda joylashgan zamonaviy kutubxonalarning VR 360 panorama ko‘rinishidagi video mahsulotlar (25 dona) hamda ushbu kutubxonalar haqida qisqacha ma’lumotlar joylashtirilgan.
Bolalarni raqamli kutubxona imkoniyatlaridan keng foydalanishlarini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi 41 ta maktabda raqamli kutubxona loyihasi ishga tushirildi.








