Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz da arzonga tushadi!

    Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.

    Haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim.

    Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

    Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasini oladi.

    my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 ming soʻm toʻlanadi.