Ixtisoslashtirilgan maktablar bo‘yicha yuqori o‘ntalikdan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-IDUM, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-IMI, Buxoro viloyati Jondor tumani 49-IDUM, Xorazm viloyati Shovot tumani XFMMI, Buxoro viloyati Kogon tumani 1-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahri 56-IMI, Jizzax viloyati Jizzax shahri «Umid IDUM», Namangan Mingbuloq tumani 13-IDUM, Namangan viloyati Chortoq tumani 20-IDUM, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 12-AFCHO‘IMIlar o‘rin olishdi.
So‘nggi o‘rinlarda esa Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 16-IDUM, Namangan viloyati Namangan shahridagi 40-IDUM, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 69-IDUM, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 180-IDUM, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 12-IDUM, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi 39-IDUM, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 56-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahridagi 97-MMI, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 47-IDUM, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 27-IDUM maktablar ekanligi aniqlandi.
Umumiy o‘rta maktablar reytingida yuqori TOP-10 likdan Navoiy viloyati Navoiy shahri 13-maktab, Buxoro viloyati Buxoro shahri 38-maktab, Buxoro viloyati Buxoro tumani 49-maktab, Buxoro viloyati Jondor tumani 3-maktab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani 21-maktab, Navoiy viloyati Navoiy shahri 9-maktab, Buxoro viloyati Buxoro shahri 28-maktab, Buxoro viloyati Buxoro tumani 14-maktab, Buxoro viloyati Jondor tumani 41-, 38-maktablar o‘rin oldi.
So‘nggi o‘rinlarda esa Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 34-maktab, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 209-maktab, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 295-, 62-maktablar, Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi 16-maktab, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 54-maktab, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 99-98- va 100-maktablar hamda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 178-maktab ekanligi ma’lum bo‘ldi.









