Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida “Inson qadri uchun — 100 ta maqsad” belgilangan. Ular orasida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga oid vazifalar alohida o‘rin tutadi. Strategiyadagi 39-maqsad “Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish” deb nomlanadi.
2016–2017 o‘quv yilida bog‘chalarga qamrab olish darajasi past bo‘lgan hududlarda bolalarni maktabga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda mamlakatimiz bo‘yicha 936 ta qisqa muddatli guruh tuzilib, 6 yoshli o‘g‘ilqizlar maxsus dastur asosida tayyorlangan.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga muqobil guruhlar, ya’ni “Savodxonlik” markazlari, qo‘shimcha ta’lim, maktab qoshida qisqa muddatli to‘garaklar tashkil etilgan. Mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qoshida 1 ming 775 ta qisqa muddatli, 3 ming 188 ta maktab qoshida esa savodxonlik guruhlari faoliyat ko‘rsatib, ularga olti yoshli 69 ming 877 nafar bola jalb qilingan.
2016-yil sentyabr oyidan mamlakatimizning o‘n uchta hududida (Toshkent shahridan tashqari) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bo‘sh guruhlar hisobidan 1 ming 620 ta qisqa muddatli guruh tashkil etilgan. Ularda pedagogika kollejlari bitiruvchilarining faoliyat yuritishi ta’minlangani ham o‘ziga xos amaliy qadam bo‘ldi.
Umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan maktabga tayyorlov mashg‘ulotlari dastlabki oyda, asosan, qo‘l harakati (motorikasi)ni rivojlantirishga qaratilgan. Bunda bolalar ruchkani ushlash, tayoqchalar chizish hamda harf elementlarini yozishga o‘rgatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichmabosqich o‘tish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2018–2019 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida, Farg‘ona viloyatining Furqat tumani va Quvasoy shahrida hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Bektemir, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga bepul majburiy bir yillik tayyorlash tizimi tajriba tariqasida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Jarayonda mazkur hududlarda tashkil etilgan 494 ta guruhda 11 ming 103 nafar bola qatnashdi.
Mamlakatdagi barcha bolalarning bir xil boshlang‘ich ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash uchun har bir o‘g‘ilqizning maktabga qabul qilinishdan bir yil oldin tayyorgarlikdan o‘tish huquqi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunda kafolatlangan.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlash bo‘yicha ijobiy tajribani boshqa hududlarda ham yoyish, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol bolalarni tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan 2020–2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari, bolalarni bosh lang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi, ushbu guruhlarni moddiy-texnik vositalar va ta’limdidaktik materiallar bilan ta’minlash me’yorlari, boshlang‘ich ta’limga tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibi haqidagi nizomlar tasdiqlandi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasini 2022–2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibtaomillarini to‘liq raqamlashtirish belgilangan.
Bunda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalar haqidagi ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimiga avtomatik yuborilishini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sertifikatlarni blankda berish, maxsus axborot tizimlari orqali QRkod qo‘yilgan holda otaonaga elektron shaklda xabar yuborish hamda uning dublikatini berish amaliyotini bekor qilish nazarda tutilgan.
Endi bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan o‘tkazilmoqda. Ayni paytga kelib ushbu guruhlarga qamrab olingan 6 yoshli bolalar 589 ming nafar (84 foiz)ga yetdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan shu yil yakuniga qadar buni 90 foizga yetkazish, ya’ni 2022–2023 o‘quv yilida 1 ming 535 nafar bolani qamrab oladigan shunday guruhlar ochish rejalashtirilgan.
Olti yoshli bolaning ta’lim jarayoniga ruhan tayyorligi haqida gapirganda ko‘pincha muayyan reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini o‘tovchi psixik rivojlanish darajasini nazarda tutamiz. Bundan tashqari, bolaning yashash sharoiti, sihatsalomatligi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kabi omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq.
2016–2018 yillarda bolalarni maktabga tayyorlashda tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlar, “Savodxonlik markazlari” uchun “Bilimdon” dasturi hamda “Bolajon” tayanch o‘quv dasturidan foydalanilgan. Ushbu dasturlar “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yil adigan davlat talablari” va uning 4 ta asosiy yunalishi bo‘yi cha ishlab chiqilgan. Barcha pedagoglar shu dastur asosida faoliyat olib borgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilganidan so‘ng Janubiy Koreya, Finlyandiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar tajribasi hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talabl ari asosida bolalarning shaxsini rivojlantirishga qaratilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur sohada faoliyat olib borayotgan har bir pedagog ijodiy yondashgan holda hududning ijtimoiy muhiti, bolalarning qiziqishi va xohishidan kelib chiqib, ushbu dasturga 20 foiz o‘zgartirish kiritishi mumkin. Bu esa pedagoglarni ijodkorlikka, o‘z ustida ishlash, izlanish va yangilik yaratishga undaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlari nutq o‘stirish, savodxonlikka o‘rgatish, elementar matematika, musiqa, jismoniy tarbiya bo‘yicha umumiy guruhlarda olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni ham Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi davlatlarning maktabgacha ta’lim sohasidagi tajribasini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Unda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’limga tayyorlash, ularning intellektual, ma’naviyaxloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishiga doir vazifalar belgilangan.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti” tasdiqlangani soha vakillari uchun yana bir muhim yangilik bo‘ldi. Sababi ushbu hujjat orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari olib boradigan o‘quvtarbiya jarayonidan tortib, guruhlarni jihozlash, bunda muayyan yoshdagi guruhlarga alohida e’tibor berish, kun tartibi va ta’lim jarayonini tashkil etishdagi haftalik yuklamalar belgilab berildi.
Bolani maktabga tayyorlash murakkab jarayon. Chunki kichkintoyning birinchi sinfga tayyor holda borishi nafaqat ustozlar, balki ota onalar, oilaning kattalari zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifadir. Bir so‘z bilan aytganda, ertamiz egalarining bilim va tafakkuri Vatanimiz ravnaqini belgilaydi.
Noroy SOATOVA,
Maktabgacha ta’lim vazirligining
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini
muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish
bo‘limi bosh mutaxassisi









