Avvaliga kompaniya ichki tizimi uchun mo‘ljallangan "Opera" brauzerining birinchi avlodi "MultiTorg" o‘sha davrdagi mashxur "Mosaic" brauzeridan ko‘ra bir qancha afzalliklarga ega bo‘lgan.
1995-yilda kompaniyani tark etgan mutaxassislar o‘zlarininig "Opera Software AS" deb nomalangan kompaniyalarini tashkil qilishib, "Opera MultiTorg 1.0" ommaga taqdim etilgan.
"Opera" o‘zining veb-sahifa va hujjatlarni ko‘rishda qulayligi, katta tezligi hamda eng kam hajmga egaligi sababli barchaga ma’qul keladi.
2001-yilga kelib "Opera" brauzeri birinchi raqamli "Internet Explorer" bilan raqobatlasha boshlaydi.
2006-yilda chiqarilgan "Opera 9.5" 12,5 mln. foydalanuvchi tomonidan yuklab olinib, foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, u "Firefox 2" va "Internet Explorer 7" brauzerlaridan ikki baravar samaraliroq ishlagan.
2016-yilda "Opera" Xitoyning "Qihoo 360" kompaniyasiga 600 million AQSH dollariga sotib yuborilgan.









