YPX xodimi jarimadan qarzingiz boʻlsa avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kirib qoʻyishga haqlimi?

    Transport 11 Iyun 2022 11810

    Bugungi kunda koʻpchilikni shu savol oʻylantirmoqda.

    Telegram kanalda avtoyurist shu masalaga atroflicha toʻxtaldi.

    Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 291-moddasiga asosan Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasiga binoan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi. Deb belgilangan.

    Yaʼni bu yerda sizning avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirish uchun 2 ta asos boʻlishi kerak.

    1. Sizga jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarimani toʻlanmagan boʻlishingiz kerak. (jarimani toʻlashning 60 kunlik muddati oʻtmagan boʻlsa ham olib kira olmaydi )

    2. Transport vositasi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasi boʻlishi kerak.

    Yaʼni YPX xodimi ogʻzaki gap bilan sizni qarzingiz bor ekan avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kiramiz deya olmaydi. Qachonki qoʻlida vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasi boʻlsagina avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi mumkin.

    Qoʻlida qarori boʻlmasa avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishiga yoʻl qoʻymang. Jarima maydoniga olib kirish toʻgʻrisidagi rahbarning yozma koʻrsatmasini talab qiling.

    Rahbarning yozma koʻrsatmasisiz avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi noqonuniy.

    Shunday holatga duch kelsangiz bizga murojaat qiling avtoyuristlar sizning xizmatingizda.