1214-yilga kelib, ushbu universitet olimlari talabalar uchun qonun-qoidalar ishlab chiqishgan. Universitetning ilk talabalariga falsafa, mantiq, matematika hamda kalssik tillar o‘rgatilgan. Keyinchalik aniq va gumanitar fanlar universitetdagi o‘qitiladigan fanlar qatoriga qo‘shiladi.
Universitet kampusi fakultetlar, kollejlar, talabalar yotoqxonasi, ilmiy markazlar hamda kutubxonani o‘z ichiga olgan. Bu yerga kelganlar o‘zlarini xuddi o‘rta asrlarda yurgandek his qilishadi. Kembrij o‘zining xiyobonlari, maydonlari hamda daryolarining go‘zalligi bilan Oksforddan qolishmaydi.
Universitetda 114 kutubxona mavjud bo‘lib, ularda 8 milliondan ortiq turli tillarda yozilgan adabiyot va qo‘lyozmalar mavjud. Shuningdek, mazkur universitetda 8 ta muzey mavjud bo‘lib, ular orasida zamonaviy hamda qadimiy san’at eksponatlari bilan mashhur Fitsvilyam muzeyiga qiziqish katta.
Kembrij universitetiga qabul qilingan talaba uning ko‘p asrlardan beri davom etib kelayongan an’analariga bo‘ysunadi.
Masalan, universitetda o‘zlashtirishi eng past o‘quvchilarga yog‘och qoshiq berish an’anasi mavjud. Oxirgi marta bunday qoshiq 1990-yilda Avliyo Ioann tomonidan kollej talabasi K. Xolthausga berilgan.
Hech bir universitet son jihatdan Kembrij kabi Nobel mukofoti sohiblarini yetishtirib chiqarmagan. Bu yerda o‘rta asr olimlari Isaak Nyuton va Frensis Bekon ham tahsil olishgan. Dunyoga mashhur ingliz tabiatshunosi Charlz Darvin Kembrijning Masih kollejini tugatgan. Kembrijda o‘qigan 15 nafar bitirivchi Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri sifatida faoliyat olib borishgan, 25 nafari esa davlatning boshqaruv raislari sifatida faoliyat yuritishgan.
Miraziz Raufov,
TDYU Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi








