Bu yerda 750 dan ortiq 9-16 qavatli turar-joy majmuasi, 100 dan ortiq savdo markazlari, shuningdek maktab, oliy taʼlim muassasalari, mehmonxona, shifoxona, masjid, madrasa, kinoteatr va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini barpo etiladi. Yangi Namangan shaharchasi istiqbolda Namangan, Toʻraqoʻrgʻon va Kosonsoy tumanlarini bogʻlab turuvchi koʻprik vazifasini oʻtaydi.
Eʼtiborga molik jihatlaridan yana biri shaharcha aholisini munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida shaharchadagi mavjud savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida, shuningdek umumiy maydoni 164,2 gektar boʻlgan 4 ta “Orzu, “Yuksalish”, “Yoshlar”, “Yangi Hayot” kichik sanoat zonalarida hamda tutash hududdagi “Kushon” kichik sanoat zonalarida 41,0 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish belgilangan.
Bundan tashqari, shaharchaning kirish qismidagi 68 gektar yer maydonida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻini barpo etish rejalashtirilgan.
“Bu kabi olib borilayotgan ishlarimizdan koʻzlangan pirovard maqsadimiz – odamlarni, viloyat ahlini rozi qilishdir”, deyiladi Namangan viloyat hokimligi telegram kanalida keltirilgan xabarda.










