Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda uchinchi oʻrinda

    Ta'lim 2 Oktabr 2024 1950

    Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.

    Bu haqda statistika agentligi maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.

    Mintaqadagi ayrim davlatlar boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

    — Qozogʻiston – 78,3 ming nafar

    — Ukraina – 76,8 ming nafar

    — Rossiya – 63,6 ming nafar

    — Turkmaniston – 60,9 ming nafar

    — Ozarbayjon – 49,7 ming nafar

    — Afgʻoniston – 34,3 ming nafar

    — Tojikiston – 32,5 ming nafar

    — Belarus R. – 27,0 ming nafar

    — Qirgʻiz R. – 17,1 ming nafar