Uzbekistan Airways Londonga aviaqatnovlar sonini oshiradi

    Transport 25 Fevral 2023 1657

    2023-yil 26-martdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Londonga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi.

    Toshkent – London – Toshkent aviaqatnovlari haftasiga uch marta – seshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

    Seshanba va juma kunlari HY 201 Toshkent – London va HY 202 London – Toshkent reyslari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

    • Toshkentdan uchish mahalliy vaqt (Toshkent) bilan soat 11:10 da

    • Londonga kelish mahalliy vaqt (London) bilan soat 14:50 da

    • Londondan uchish mahalliy vaqt (London) bilan soat 16:20 da

    • Toshkentga kelish mahalliy vaqt (Toshkent) bilan ertasi kuni soat 03:10 da

    Yakshanba kunlari HY 203 Toshkent – London va HY 204 London – Toshkent reyslari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

    • Toshkentdan uchish mahalliy vaqt (Toshkent) bilan soat 12:30 da

    • Londonga kelish mahalliy vaqt (London) bilan soat 16:10 da

    • Londondan uchish mahalliy vaqt (London) bilan soat 17:25 da

    • Toshkentga kelish mahalliy vaqt (Toshkent) bilan ertasi kuni soat 04:15 da

    Toshkent – London yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalar narxi 3 227 000 soʻmdan, Toshkent – London – Toshkent yoʻnalishida esa 7 452 000 soʻmdan boshlanadi.

    Aviachiptalarning taqdim etilgan narxlari 2023-yil 24-fevral holatiga koʻra amal qiladi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways AJ matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabar orqali aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, hamda “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligi maʼlum qilinadi.