Toshkentning bir qancha hududlarida "svet" o‘chiriladi

    Bugun Olmazor, Yunusobod hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. 

    Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Yalang‘och», «Katta yalang‘och», «Ahmad Yugnakiy», «Traktorsozlar», «Azamat», «Humoyun» MFYlari hamda «TTZ -1, -2, -3, -4-mavzelaridagi iste’molchilar 00:00 dan soat 05:00 ga qadar elektr ta’minotidan uziladi.

    Soat 00:00 dan 08:00 ga qadar:

    Olmazor tumanidagi «Ibrohim ota» MFY, «Chuqursoy» MFY, «Ahil» MFY, «Moyariq» MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jomiy mavzesining tadbirkorlik subektlari;

    Yunusobod tumanining «Hasanboy» MFY, «Katta Hasanboy» MFY, «Sharq haqiqati» MFY, «Turkiston» MFY, «Yo‘lariq» MFY, «Akbarobod» MFY, «Tiklanish» MFY, «Astrobod» MFY, «Hamkorobod» MFY, «Islomobod» MFY, «Sobirobod» MFY, «Nurmakon» MFY, «Mingchinor» MFYlarining qisman ko‘chalari va Issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta’minotidan ajratiladi.