Toshkent shahridagi “O'zekspomarkaz”da 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar "CRAFT FAIR UZBEKISTAN" - xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo'lib o'tadi.
Yarmarkada kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog'och o'ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 dan ortiq milliy hunarmandchilik mahsulotlarining ko'rgazmalari tashkil etiladi.
Shunigdek, yetita xorijiy davlatlar - Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Afg'oniston, Pokistondan hunarmandlar ishtiroki rejalashtirilgan.









