Toshkent–Buxoro–Toshkent yoʼnalishi boʼyicha qoʼshimcha aviaqatnov yoʼlga qoʼyilmoqda

    Yoʼlovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Uzbekistan Airways 2022 yil 8 may kuni Toshkent–Buxoro–Toshkent yoʼnalishi boʼyicha qoʼshimcha aviaqatnovni yoʼlga qoʼyadi.

    Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabariga koʼra, Toshkent–Buxoro yoʼnalishi boʼyicha aviachipta narxi 158 183 soʼmdan (bagajsiz) va 182 518 soʼmdan (bagaj bilan), Toshkent – Buxoro – Toshkent yoʼnalishi boʼyicha esa 304 197 soʼmdan (bagajsiz) va 352 869 soʼmdan (bagaj bilan) boshlanadi.

    Narxlar 25.04.2022 holatiga koʼra amal qiladi.

    Аviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan www.uzairways.com, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.