Toshkent viloyatida 1 tup tol daraxtini kesgan fuqaro jarimaga tortildi

    Hukumat 16 Yanvar 2025 686

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yuqori Chirchiq tumani hududida ekologik nazorat tadbiri oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida Yuqori Chirchiq tumani Istiqbol MFY hududida fuqaro A.O.tomonidan noqonuniy tarzda koʻp yillik 1 tup tol daraxtini kesganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi, 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarida jarima chorasi qoʻllanildi. Inspektorlar tomonidan tabiatga 20millionda ziyod zarar yetkazilganligi aniqlandi.