Toshkent shimoliy vokzalida bir bosqichli nazorat punkti joriy etildi

    Endilikda Toshkent shimoliy vokzalida  hujjatlarni tekshirish va bagajni ko‘zdan kechirish bir joyda amalga oshiriladi.

    Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

    Ilgari «Toshkent-Janubiy», shuningdek, Samarqand va Namangandagi temiryo‘l vokzallarida bir bosqichli nazorat-o‘tish punktlari joriy qilingandi.