“Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar qoʻyildi

    Transport 4 Mart 2023 2364

    Qoʻshimcha 4 ta reys harakati yoʻlga qoʻyildi.

    Bayram kunlarida yoʻlovchilarni tashish maqsadida 2023-yilning 9, 16, 23, 30-mart kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha 4ta reys harakati yoʻlga qoʻyildi.

    Poyezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:

    • 60-sonli “Toshkent — Andijon” yoʻnalishi
      • Toshkent 07:55 — Andijon 13:56
    • 59-sonli “Andijon — Toshkent” yoʻnalishi
      • Andijon 15:55 — Toshkent 21:45

    Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.