Tojikistonda sel tufayli odamlar xavfsiz joyga ko'chirildi

    Tojikiston sel oqimiga qarshi turishda davom etmoqda. Navbatdagi loy oqimi Xatlon viloyatining Panj tumanida yuzaga keldi.

    Tabiiy ofat hududidan 15 ta uy aholisi evakuatsiya qilingan. Qoramollar ham xavfsiz joyga olib ketildi. Kechasi kuchli yomg'ir yog'ib, tuproqni yemirdi. Yerto'lalar, tomorqa va ekin maydonlarini suv bosdi. Qurbonlar yo'q, ammo qutqaruvchilar bu tinchlanishga asos bo'la olmasligini ta'kidlashmoqda. Sel kelishi hamda daryolarda suv sathining ko'tarilishi xavfi 7 aprelgacha davom etadi.

    Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bilan maxsus ishchi guruh ish olib boradi. U Favqulodda vaziyatlar qo'mitasi rahbariyati boshchiligida allaqachon Panj viloyatiga jo'nab ketgan, deyiladi mir24.tv saytida.