“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Unga koʻra, taʼlim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayonlari va xizmatlar koʻrsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, taʼlim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etildi.

    Loyiha ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

    - taʼlim sohasini isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;

    - xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini taʼminlash;

    - yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

    -taʼlim turlari va darajalari oʻrtasida uzviylikni va uzluksizlikni taʼminlash, davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamjihatlikdagi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

    - taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati madaniyatini shakllantirish, oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishda vazirlik va idoralarga x,ar tomonlama koʻmaklashish;

    - taʼlim sifatini nazorat qilish yoʻnalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy va xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.

    Qarorning to‘liq matni