Buxoroliklar Peshovar (Pokiston)ga ketishayotgandi. Buxorolik savdogarlardan biri qaroqchilardan qochib, kech soat 9 da kapitan F. Berton harbiy postini oyoqqa turgʻizadi. F. Berton shu tumanning harbiy-siyosiy noibi edi.
Berton ikki yordamchisi bilan qaroqchilar iziga tushadi. U qaroqchilar qarshisidan chiqib qolganda ular oʻljani boʻlishayotgandi. Gʻorda toʻsatdan paydo boʻlgan zobitga qaroqchilar qarshilik koʻrsatmaydi. Berton tong otguncha qoʻlga olingan mollarni gʻorda qoʻriqlab chiqadi.
1905-yilda Britaniya muzeyi xazinachisi O. Dalton bu xazina toʻgʻrisida “Oks xazinasi” degan kitob yozdi. Savdogarlarga koʻra bu oltin buyumlar 1877-yili Qoʻbodiyon vodiysidan – Qadimgi Baqtriya zaminidan topilgan. Fanda ular “Oks xazinasi” nomi bilan mashhur.









