Birinchi kemaning borti deyarli to'liq saqlanib qolgan bo'lib, uzunligi 20,5 metr va kengligi 5 metr. Ikkinchi kemaning taxminan 8 dan 4,5 metrgacha bo'lgan tubining bir qismi saqlanib qolgan.
Noyob topilma “Arkeologerna” arxeologlar guruhi (Shvetsiya milliy tarixiy muzeylari tarkibiga kiradi) olimlari tomonidan aniqlandi. Hozirgacha Shvetsiyada atigi yettita, butun Yevropada esa 30 ga yaqin kogg deb ataluvchi ana shunday kemalar topilgan.
Varbergskoggen 1 deb nomlangan birinchi kemani yasash uchun yog'och 1346-yildan keyin hozirgi Niderlandiya, Belgiya va Fransiya shimoli-sharqida kesilgan. Ikkinchi kema (Varbergskoggen 2) Shimoliy Polshada 1355-1357-yillarda kesilgan eman daraxtidan yasalgan.
Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, kemalar uzoq safarda cho'kib ketgan. Ularning cho'kib ketishi sababi hozircha noma'lum – taxminlardan biriga ko'ra, kemalardan kattarog'i sayoz suvda ag'darilgan.
Arxeologlar kema parchalari orasidan charm poyabzal, piyola va qoshiqlar, yog'och va chinnidan yasalgan uy-ro'zg'or buyumlari kabi ko'plab qadimiy buyumlarni topishdi. Varbergskoggen 1 bortida kema uskunalari va ehtiyot qismlari ham topilgan. U qaroqchilardan ballast toshlari to'plami bilan himoyalangan.
Olimlar yog'och va tosh namunalarini tahlil qilgan holda, tadqiqotni davom ettirish niyatida, deb xabar beradi mir24.tv.









