Rim imperiyasining eng katta interaktiv xaritasi tuzildi

    Stenford universiteti (AQSH) tarixchilari Rim imperiyasining eng katta interaktiv xaritasini tuzishdi. O'zining gullagan davrida mazkur davlat 2 750 000 kvadrat kilometr maydonni egallagan.

    Xarita shahar aholi punktlari va tog' dovonlaridan iborat 632 ta obyektni o'z ichiga oladi. Loyiha eramizning 200-yillarida bir shahardan ikkinchi shaharga sayohat qilish uchun qancha vaqt va mablag' kerakligini hisoblash imkonini beradi.

    Xaritada yilning vaqti va transport turi hisobga olinadi. Shunday qilib, Londiniumdan Rimga (2643 kilometr) sayohat 21 kun davom etadi. Narxi zamonaviy valyutada kishi boshiga 1031,23 dollarni tashkil qiladi.

    Olimlarning tushuntirishicha, ularning xaritasi Rim imperiyasida mavjud bo'lgan shaharlar, yo'llar, daryolar va dengiz yo'llari tarmog'ining soddalashtirilgan versiyasiga asoslangan. Shuningdek, u qadimgi davrda qurilgan joylar va yo'llarni ham qamrab oladi.

    Xaritada mavjud bo'lgan yo'llarning umumiy uzunligi 192 810 kilometrni tashkil qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.