Jumladan, ushbu davrda 10,7 million tonna, 19,5 million kvadrat metr qurilish oynasi, 29,4 million kvadrat metr gipsokarton, 11,0 million kvadrat metr keramik plitka, 1,6 million o'ram oboy kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi. Bu haqida “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan O'zbekiston Milliy matbuot markazida o'tkazilgan matbuot anjumanida axborot berildi.
Shuningdek, 2021-yilning 9 oyida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 7 trillion 155,6 milliard so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish 136,2 foizni tashkil etdi.
Jumladan, 7,7 million tonna tsement, 19,1 million kvadrat metr 2 mm o'lchamdagi qurilish oynasi, 12,4 million kvadrat metr keramik plitka, 29,4 million kvadrat metr gipsokarton, 115 ming tonna quruq qurilish aralashmalari, 1,7 million o'ram oboy, 97,5 ming tonna ohak, 130,3 ming tonna gips kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan. Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, oboy (gulqog'oz) o'zlashtirish yo'lga qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan hamda “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo'yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 863,4 mln dollarlik 39 ta loyiha bo'yicha joriy yilda 327,6 mln dollar o'zlashtirish belgilangan.
— Joriy yilning 9 oyida 39 ta investitsiya loyihalari bo'yicha jami 220,15 mln dollar, shundan 152,94 mln dollar miqdorida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'zlashtirildi, — dedi “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermatov. — Shundan umumiy qiymati 247,3 mln dollar bo'lgan 6 ta loyiha ishga tushirildi va 1 005 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi.
Ushbu 6 ta loyiha doirasida yiliga 2,4 mln tonna tsement, 22,2 mln kv m float oyna, 20 ming tonna payvandlash elektrodlari, 6 ming tonna burama mix, 1 mln kv m laminatlangan DSP, 6 ming tonna ohaktoshdan qog'oz ishlab chiqariladi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o'rnini bosuvchi float oyna, tsement, bazal`t va shisha momig'idan issiqlik saqlovchi plitalar, bazal`t tolasidan kompozit armaturalar, quvurlar va geosetkalar, keramogranit, gulqog'oz, marmar, travertin va granit plitalari, lok-bo'yoq mahsulotlari, keramik plitkalar, payvandlash elektrodlari, gipsokarton, quruq qurilish aralashmalari, sanitar-texnik buyumlar, gazobeton va penobeton bloklari, parket, laminat, DSP kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o'zlashtiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Xindiston, Germaniya, Frantsiya, Belarussiya va Janubiy Koreya davlatlariga davlat tashrifi doirasida 2017-2020-yillarda zamonaviy import o'rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg'or horijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd 295,3 mln dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi. eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo'yicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yo'l xaritalari” tasdiqlangan. Unga ko'ra “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga 1 191,8 mln dollarlik 25 ta loyihalar nazorati yuklatilgan. Shulardan bugungi kunga kelib 289,7 mln dollarlik 10 ta loyiha amalga oshirildi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida import o'rnini bosuvchi eksportga yo'naltirilgan zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar ishga tushiriladi.
2021-yilning 9 oyida qurilish materiallari sanoati sohasi bo'yicha jami 178,6 mln dollar miqdorida eksportni amalga oshirish prognozi belgilangan edi. Quvonarlisi, o'tgan vaqt davomida 287,8 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 161 foizga bajarildi va o'sish o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 baravarga ta'minlandi.
Joriy yilning o'tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an'anaviy hisoblangan bozorlar ya'ni Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg'onistondan tashqari, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Ukraina va Xitoy davlatlari hisobiga kengaytirildi.
“O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi korxonalari tomonidan 2021-yil yanvar-sentyabr oylarida jami 224,9 mln dollarlik import amalga oshirilgan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 26,6 mln dollarga yoki 11 foizga kamaygan.
Import tarkibini, asosan texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, xomashyo va materiallar, xizmatlar tashkil etadi.







