Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari eʼlon qilindi

    Ijtimoiy hayot 20 Iyun 2023 5399

    Toshkent shahridagi jome masjidlarda shu yil 28-iyun kuni ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

    Yurtimizdagi jome masjidlarda 2023-yil 28-iyun chorshanba kuni Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari maʼlum boʻldi.

    Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda shu yil 28-iyun kuni ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

    Respublikamizning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:

    1. Andijon 05:10

    2. Namangan 05:10

    3. Fargʻona 05:10

    4. Toshkent sh. 05:15

    5. Toshkent v. 05:20

    6. Sirdaryo 05:25

    7. Jizzax 05:30

    8. Samarqand 05:35

    9. Navoiy 05:40

    10. Qashqadaryo 05:40

    11. Buxoro 05:40

    12. Surxondaryo 05:40

    13. Xorazm 05:50

    14. Qoraqalpogʻiston Res. 05:50

    Ushbu jadvalda koʻrsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.