Qozog'istondagi Qorako'l ko'lida parranda grippi virusining tarqalishi oqibatida yuzlab oqqush nobud bo'ldi

    Qozog'istonning Mang'istau viloyatida parranda grippidan oqqushlarning ommaviy nobud bo'lishi qayd etildi. Qorako'l ko'lida 227 ta o'lik qushlar topildi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

    Tadqiqot natijalariga ko'ra, nobud bo'lgan oqqushlarda parranda grippi virusi aniqlangan.

    Avvalroq qozog'istonlik bloger Azamat Sarsenbayev ko'l qirg'og'ida “yuzlab, balki minglab o'lik oqqush” sochilib yotgani haqida xabar berib, rasmiylarni voqeani o'rganishga chaqirgan edi, deb xabar beradi tass.ru.