Bu yerda ular “qon terlaydigan ulug'vor arg'umoqlar” – bardoshli, yeldek uchuvchi “Farg'onaning samoviy otlari” etishtirilgan. Aynan ular miloddan avvalgi 104-102-yillardagi xitoy-dovon urushiga sababchi bo'lishgan.
"Qonli terlaydigan" bu otlarni xitoylar ilohiy jonivorlar, deb hisoblashgan. Ularni "abadiy mamlakat"da minish mumkin bo'lgan "samoviy otlar" deb atashgan. Mazkur g'aroyib jonivorlarni qo'lga kiritish uchun xitoyliklar Farg'onaga hujum qilishdi, ammo mag'lubiyatga uchrashdi.
Biroq, otlarga ega bo'lish istagi shunchalik kuchli ediki, Xitoy yana Dovonga hujum qilishga urindi. Bu safar farg'onaliklar murosa qilishga majbur bo'lishdi: ular Xitoy imperatori qo'shini uchun har yili 300 ta ot yetkazib berishga va'da berishdi.
Shuni ta'kidlash joizki, arg'umoqlarning "qonli ter" chiqarishiga parazitlar sabab bo'lib, ular otlarning terisini eyishgan, bu esa ularga g'ayrioddiy ko'rinish bergan.Bundan ham hayratlanarli tarixiy faktlarni “Davlat ermitaj muzeyi”ning (Sankt-Peterburg, Rossiya) “O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida” turkumidagi kitob-al`bomidan topish mumkin.

Qoraqalpogʻistondan xazina topilgani aytilgan xabarga Madaniy meros agentligi izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Ellikqalʼa tumanida joylashgan “Aqchakoʻl” turistik-rekreatsion zonasida “Aqchakoʻlda xazina topildi” sarlavhasi ostida videomurojaat tarqaldi.








