Misol uchun, dehqonchilik qilishda tajribasi bor qishloq ahliga yer maydonlarining bepul foydalanishga berilishi, nafaqat bandlikni, shu bilan bir qatorda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda ham o'ziga xos o'rin tutmoqda.
Ayni kunlarda Piskent tumanidagi Suvti mahallasida fermer xo'jaliklarining bug'doydan bo'shagan unumdor yer maydonlari aholi vakillariga ajratib berilmoqda.
Hududdagi ish bilan band bo'lmagan va dehqonchilik qilish istagi bo'lgan 400 nafardan ortiq fuqaroga 30 sotixdan takroriy ekin ekishlari uchun yer bo'lib berildi. Ular orasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro'yxatga olingan insonlar ham bor, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.










