Kanada 5 ming boʻsh ish oʻrni taklif etmoqda

    Oʻzbekistonliklar Kanadada 5 ming boʻsh ish oʻrniga taklif etilmoqda. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga koʻra, qurilish, xizmat koʻrsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda.

    Dastlab qurilish sohasida:

    − duradgor;
    − payvandchi;
    − elektrik;
    − santexnik;
    − betonchi;
    − oynachi;
    − tom yopuvchi;
    − pol qoplamalarini yotqizish boʻyicha yordamchi;
    − oʻrmon xoʻjaligi va boshqalar.

    Talablar va zarur hujjatlar:

    - 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlishi
    - Ingiliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilishi
    - Qurilish kasb-taʼlimi mutaxassisligi boʻyicha guvohnoma, sertifikat, diplom
    - Xorijga chiqish pasporti

    Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha.

    Roʻyxatdan oʻtish

    Har bir nomzod maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan koʻrib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan oʻtkaziladi.

    71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami