Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, aprel oyida Oʻzbekiston aholisi har oy oʻrtacha 54,4 ming kishiga, har kuni esa 1,8 ming kishiga koʻpaygan.
Shu yilning yanvar iyun oylarida mamlakatimizda 419,9 ming bola tugʻilgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich qariyb 15 ming bolaga kamaygan.
Eslatib oʻtamiz; 2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 36 799 800 kishini tashkil etib, shundan erkaklar soni 18 525 000 kishini, ayollar soni 18 274 800 kishini, shahar aholisi soni 18 768 500 kishini, qishloq aholisi soni 18 031 300 kishini tashkil etgan edi.









