Oʻzbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini oʻrganish imkoniga ega boʻladilar

    Fan 20 May 2022 1650

    20-may kuni boʻlib oʻtadigan “ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” forumi doirasida “TURKTAV” jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekiston tarixiga oid qoʻlyozmalarning asl nusʼhalari “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros institutining kutubxonasiga topshiriladi.

    Mazkur tashabbus Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshirildi.

    Turkiya Respublikasi Turkiy tillar tarixi va madaniyati “TURKTAV” jamgʻarmasi «SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” xalqaro forumi doirasida oʻzbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdilar. Endilikda oʻzbek olimlari Oʻzbekiston Respublikasi tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin boʻladi.

    Xabar qilinishicha, ayni vaqtga qadar Fond tomonidan 55 ming elektron qoʻlyozma hujjatlar raqamlashtirilgan.