France Football nashri yaqinda 2022 yilgi “Oltin to'p” sovriniga nomzod quyidagi 30 futbolchi nomini e'lon qildi:
Tibo Kurtua (“Real”), Rafael Leau (“Milan”), Kristofer Nkunku (“Leyptsig”), Muhammad Saloh (“Liverpul`”), Yozua Kimmix (“Bavariya”), Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul`”), Vinisius Junior (“Real”, Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Luis Dias (“Liverpul`”), Robert Levandovski (“Barselona”/ “Bavariya”), Riyod Mahrez (“Manchester Siti”), Kazemiro (“Real”), Son Hyon Min (“Tottenxem”), Fabin`o (“Liverpul`”), Karim Benzema (“Real”), Foden (“Manchester Siti”), Harri Keyn (“Tottenhem”), Sad`o Mane (“Bavariya”/“Liverpul`”), Darvin Nun`es (“Liverpul`”), Mayk Men`yan (“Milan”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Sebast`yan Aller (“Borussiya” Dortmund/“Ayaks”), Luka Modrich (“Real”), Krishtianu Ronaldu (“Manchester YUnayted”), Antonio Ryudiger (“Real”/“CHelsi”), Joau Kanselu (“Manchester Siti”), erling Holand (“Manchester Siti”/“Borussiya” Dortmund), Kilian Mbappe (“PSJ”), Virdjil van Deyk (“Liverpul`”),
Dushan Vlahovich (“YUventus”).
Oradan biroz vaqt o'tgach Goal.com nashri o'z talqini bo'yicha “Oltin to'p” sovrini da'vogarlari reytingi yakuniy o'nligini e'lon qildi.
Unga ko'ra, yakunlangan mavsumda ECHL g'olibi va La Liga chempioni bo'lish bilan birga, to'purarlar orasida yakka peshqadamlikni qo'lga kiritgan Karim Benzema, kutilganidek, birinchi o'rinda qayd etilgan. Keyingi o'rinlarni Sad`o Mane (“Liverpul`”/“Bavariya”), Muhammad Saloh (“Liverpul`”), Robert Levandovski (“Bavariya”/“Barselona”), Kilian Mbappe (“PSJ”), Vinisius Junior (“Real”), Luka Modrich (“Real”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Tibo Kurtua (“Real) va Fil Foden (“Manchester Siti”) band etgan.
Sрu o'rinda ta'kidlash lozimki, kuchli o'ttiztalikka so'nggi yillarning eng kuchli futbolchilaridan Ranaldu kirganu, Messi kirmay qolgan. Bu futbol ishqibozlarida “nega?” degan savol uyg'otdi.
France Football jurnali bosh muharrir o'rinbosari emmanuel` Boyan bu savolga quyidagicha javob berdi:
“Hamma gap statistikada. Bu yil Ronaldu milliy jamoalar darajasida eng yaxshi to'purar bo'ldi. Aynan u “Manchester YUnayted”ning CHempionlar ligasida guruhdan keyingi bosqichga chiqishini ta'minladi.
Prem`er-ligada 18ta gol kiritib, ikki bahsda het-trik qayd etdi. 49 o'yinda 32ta gol Ronalduning eng yaxshi mavsumlaridagidek emasdir, ammo “Oltin to'p”ga da'vogar 30 futbolchi orasida bo'lish uchun etarli...
Albatta, bungacha “Oltin to'p” uchun 15 marta da'vogar bo'lgan, qolaversa, sovrinning amaldagi sohibi sanalmish Messi jiddiy nomzod edi. Biz Lionelning 30 futbolchidan iborat ro'yxatga qo'shishni muhokama qildik, ammo sovrin g'olibini aniqlashdagi yangi qoidalar unga pand berdi. endi biz futbolchining faoliyati davomidagi yutuqlarini inobatga olmaymiz, faqatgina taqvim yilidagi natijasiga qaraladi.
Tan olish kerak, Messining Parijdagi dastlabki mavsumi kutilgandan yaxshi o'tmadi. U statistika jihatdan ham, jamoaviy natijalar borasida ham yaxshi taassurot qoldirdi, deyish qiyin”.
“Oltin to'p” egasi kim bo'lishi haqida futbolchilar, murabbiylar ham o'z fikr, mulohazalarini bildirishda davom etmoqda.
Masalan, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'ttiztalik ro'yxatda Kroos, Val`verde, Militao va Alaba yo'qligidan hayron bo'lganini aytdi.
“PSJ” forvardi Kilian Mbappe talqinicha esa, “Oltin to'p” uchun uchta asosiy da'vogar bor. Ular Benzema, Mbappe va Mane.
Xullas, turli xil fikrlar bildirilaveradi. Biz esa bu savolga aniq javobni joriy yilning 17 oktyabr` kuni bilib olamiz.









