Nukus – Moʻynoq – Toshkent yoʻnalishida aviaqatnov yoʻlga qoʻyildi

    Nukus – Moʻynoq – Toshkent yoʻnalishida qatnovlar hozircha haftasiga bir marta amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

    Kecha, 12-sentyabr moʻynoqliklar uchun oʻzgacha quvonchli kun sifatida tarixda qoldi.

    Avval xabar qilganimizdek, 12-sentyabr kuni Nukus – Moʻynoq – Toshkent yoʻnalishida ilk parvozlar amalga oshirildi.

    Shu kuni aviaqatnovning birinchi parvozida Nukusdan Moʻynoqqa 22, Moʻynoqdan Nukusga 35 yoʻlovchi manziliga yetkazildi.

    – Prezidentimizning Moʻynoq va moʻynoqliklarga boʻlgan alohida mehri va yuksak eʼtiboridan har birimiz xursandmiz, – deydi kayvoni onaxon Ulboʻsin Turimbetova. – Bugun hayotimiz tubdan oʻzgargan, hayot shiddati qalbimizga faxr bagʻishlab turibdi. Moʻynoq aeroporti ishga tushishi ham keksayu yoshni quvontirdi. Mana bugun yangi qatnovning ilk yoʻlovchilari boʻlib turibmiz. Buning uchun Prezidentimizga koʻp rahmat aytamiz. Ilohim, hayotimizda yuz berayotgan yaxshiliklar bardavom boʻlsin.

    Nukus – Moʻynoq – Toshkent yoʻnalishida qatnovlar hozircha haftasiga bir marta amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.