Transport vazirligi huzuridagi Transport muammolarini oʻrganish markazi tashabbusi bilan Toshkent davlat transport universiteti, Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi, IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda avtotransport vositalarining atrof-muhitga taʼsirini baholash boʻyicha tadqiqot tadbiri oʻtkazilmoqda.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad shahar koʻchalarida harakatlanayotgan avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar miqdori va tarkibini oʻrganish va kelgusida avtotransport vositalarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Kelgusida ushbu tadbir qamrovini kengaytirish va avtotransport vositalaridan atmosferaga chiquvchi chiqindi gazlar miqdorining doimiy nazoratini olib borish koʻzda tutilgan.











