Ushbu xizmat yordamida sud, MIB va boshqa organlar tomonidan qoʻyilgan taqiqlar mavjudligini tekshirish mumkin.
Shuningdek, ushbu xizmat orqali sud, ichki ishlar organlari, soliq va bojxona organlari, Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar tomonidan qarzdorlik, kredit majburiyatlari, ijro hujjatlari va boshqa holatlar yuzasidan belgilangan taqiqlarni aniqlash mumkin.
Qayd etilishicha, transport vositasi uni tekshirmoqchi boʻlgan shaxsga tegishli boʻlishi kerak. Umumiy ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida transport vositalarini boshqarayotgan shaxslar xizmatdan foydalana olmaydi.
Xizmat bepul va javob bir zumda taqdim etiladi.









