Maktab bitiruvchilarining bitiruv imtihoni fanlari maʼlum boʻldi

    Ta'lim 31 Mart 2022 4704

    Xalq taʼlimi vazirligi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf va 11-sinf bitiruvchilari qaysi fanlar boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishini maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, 2021-2022 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari:

    ona tili va adabiyot, oʻzbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan boʻyicha;

    11-sinf bitiruvchilari uchun:

    ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan boʻyicha yakuniy imtixon topshiradi.

    Umumtaʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha namunaviy nazorat materiallari Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanib, taʼlim markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.