Bu yilgi eng katta yutuqlarimdan biri Markaziy Osiyo Yosh Liderlar Akademiyasining (CAYLA) 3-mavsumida g‘olib bo‘ldim va ushbu dasturga qabul qilindim.





2023-yilning 27-maydan 4-iyunga qadar Qozog‘istonning Almata shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo Yosh Liderlar akademiyasi dasturining o‘quv-seminarida ishtirok etdik. Yakunda sertifikatlar bilan taqdirlandik.
Ma’lumot o‘rnida, 2023-yil mart oyida "Markaziy Osiyo Yosh Liderlar Akademiyasi"(CAYLA) dasturi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,Turkmanistondan 2000 dan ortiq nomzodlar orasidan 150 nafarga yaqin iqtidorli yoshlarni tanlab oldi.
Ushbu dasturdagi ishtirokchilarining safar harajatlari AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi va Yevro Osiyo Jamg‘armasi Impact Hub tomonidan moliyalashtirildi.
Bu dasturda Markaziy Osiyo davlatlari liderlari bilan birgalikda hozirgi dolzarb masalalarni va global muammolarni va loyiha yaratishni o‘rgandik. Hozirda men o‘z loyiham ustida ishlayapman.
Yoshlar uchun imkoniyatlar ko‘p, men har qanday, qiziqishim, o‘z yo‘nalishim uchun sohamga to‘g‘ri keladigan Xalqaro imkoniyatlardan foydalanaman.

Men 2019-yildan buyon Xalqaro tashkilotlar va NNT larda volontyor va Ishtirokchi sifatida faoliyat olib boryapman. (YUNISEF, BMT, Yuksalish, O'zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati)
Birinchi YUNISEF Tashkiloti Xalqaro Yu-Report loyihasiga volontyor sifatida a’zo bo‘lganman. Samarqand yoshlar qo‘mitasidan 2020-yilda targ‘ibotchi-treningchi sifatida Sirdaryo viloyati Yoshlar qo‘mitasini tashkil qilish uchun yuborildik.
O‘sha jarayonlarda yurtimizda yoshlar uchun imkoniyatlarning kengligi, barchasi bizning faolligimizga bog‘liq ekanini bildim.
Prezidentimizning 2019-yil dekabr oyidagi O‘zbekiston Respublikasi "Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilinib, 2020-yil 5-dekabrda O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi tashkil etildi.
Hozirda 5 yilga yaqin faoliyatimda juda ko‘p tajriba orttirish imkoniyatlari bo‘ldi. Joriy yilning 13-17-favral kunlari Toshkentda O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi tomonidan Volontyorlar Mentori: 2:0 dasturini tamomlab keldim. ( USAID va Eurasia Foundation tomonidan moliyalashtirildi bu dastur.)
Universitetimizda tashkil qilingan ingliz guruhi xorijiy tillarga qiziqishimni orttirdi.
Buning uchun raxbarimiz Jasur Yulchiyev, professor H.B. Niyazov va boshqa ustozlarimizga rahmat aytaman.
2021- yil "Yilning eng faol bloger talabasi" (fakultet bosqichi), 2022-yilda "Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi", (universitet bosqichida 2- o‘rin)bo‘ldim.

Hozirgacha 10 dan ortiq Xalqaro loyiha va konferensiyalarda ishtirok etdim.
3 marta Grant yutib, horijga chiqib keldim.
Hozir ishtirokchi sifatida qatnashayotgan Xalqaro loyiha haqida ham aytib bermoqchiman.

"Dialog" XIV Xalqaro Muloqot yoshlar oromgohiga to‘liq grant asosida qabul qilindim. Dastur Rossiyada bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirda ushbu dasturda ishtirokchi sifatida qatnashyapman.

«Muloqot» 14-xalqaro yoshlar oromgohi MDHga a’zo davlatlarning 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan xalqaro yoshlar hamkorligi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasining bir qismidir.

Oromgohdan ko‘zlangan maqsad – do‘stona va professional aloqalarni mustahkamlash, tajribalarni birlashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, MDHga a’zo davlatlar va boshqa xorijiy davlatlardan millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar sohasida faoliyat yurituvchi yosh yetakchilarni birlashtirgan ta’lim kommunikatsiya platformasini tashkil etishdan iborat. Shuningdek, kasbiy mahorat va malakalarni oshirish, hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Ishtirokchilar uchta asosiy guruh bilan taqsimlangan (100 ta umumiy)
— Rossiya Federatsiyasidan 60 nafar yosh yetakchi;
— MDHga a’zo davlatlarning 20 nafar yosh yetakchilari;
— Boshqa xorijiy davlatlardan 20 nafar yosh yetakchi.
»Muloqot« XIV Xalqaro yoshlar lageri Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi, Rossiya yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi va "MIREA" - Rossiya texnologiya universiteti Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Loyiha 2009-yildan buyon Rossiya Milliy Yoshlar Kengashi tomonidan boshlangan va hozirda har yili Rossiya Federatsiyasi davlat organlari ko‘magida amalga oshiriladi.

MDHga a’zo davlatlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tayanch tashkiloti funksiyalarini bajaradi.
O‘zbekistondan jami 3 nafar yosh liderlar tanlanib olindik.
Hamyurtim Munisa bilan "CAYLA" loyihasida birga qatnashganmiz va u ko‘plab natijalarga erishgan. Toshkent davlat Yuridik universitetida o‘qiydi.
Men bu bilan nimani aytmoqchiman - agar siz kuchli insonlar bilan bo‘lsangiz ulardan biri bo‘lasiz!
Hozirda Samarqand Volontyorlar maktabi mentoriman. Volontyorlarga Volontyorlik faoliyati haqida dars beraman.
"ZIYOLI qo‘llar" xayriya loyihasi volontyorlik harakati jamoasi asoschisiman.
Men har doim horijga chiqganimda, Universitetim haqida ko‘proq aytishga harakat qilaman, nega? Chunki men universitetimiz nomidan vakil hisoblanaman.
O‘z - o‘ziga ishonch - katta kuch!
O‘zingizga nisbatan past baho berishingiz sizni kuchsiz qiladi. Siz erishmoqchi bo‘lgan narsadan qachonki voz kechsangiz, sizning o‘rningizni boshqa inson egallaydi! Va u eplaydi!
Shu bois, hayotda maqsadni aniqlashtirib olish muhim!
Maqsad bo‘lsa, imkoniyat va vositalar yetarli!
Shaxboz Erkinov
410-gurux talabasi, Veterinariya profilaktikasi va davolash ishi fakultetini tamomlagan. (2019-2023)









