Kredit olish tartibi qanday?

    AOKAda o'tgan brifingda O'zbekiston banklar assotsiatsiyasi axborot xizmati rahbari bu xususda ham to'xtalib o'tdi:

    Kredit olish va bu jarayon bilan bog'liq masalalar bo'yicha ham ko'p murojaat tushadi Aksariyat murojaatchilar men bakka murojaat etdim, menga kredit ajratishmayapti deya e'tiroz bildiradi. Shu o'rinda jismoniy shaxslarga kredit olish tartibi aniq mezonlarga asoslangani, hamda kredit olevchiga aniq talablar qo'yilganini eslatib o'tmoqchi edik.

    -Ya'ni kredit olivchi shaxs 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lishi;

    - doimiy daromadga, shuningdek, kredit bo'yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni qaytarish imkoniyatiga ega bo'lishi,

    - qarz oluvchi va kafil turuvchining qarzni qaytarish ko'rsatkichi 50-70 foizdan yuqori bo'lmasligi;

    - Beriladigan kredit qaytarish uchun ta'minotga ega bo'lish kerak

    - Yana asosiy jihatlardan biri avvalgi olingan kreditlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorligi mavjud bo'lmasligi, qolaversa kreditni qaytarilish muddatlari o'z vaqtida bo'lishi kerak. YA'ni bunda mijozning kredit tarixi o'rganiladi.

    Kredit tarixi – bu Sizning qaerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday to'laganingiz to'g'risida batafsil ma'lumot, ya'ni bu Sizning qarz oluvchi sifatida moliyaviy intizomingiz aksidir.

    Har qanday kreditni olishingizda bu omil muhim hisoblanadi.

    O'zbekiston Respublikasining “Kredit ma'lumotlari almashinuvi to'g'risida”gi sonuniga asosan kredit tarixi qarzdorning so'nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oldi.

    Murojaatlarning ko'pida shu talablar to'liq bo'lmagani uchun ham mujozning kredit berish talabi qondirilmay qolmoqda.

    Murojaatlaringizni O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining 71 238 69 01 ishonch tilefoni orqali qoldirishingiz mumkin.