Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi!

    Mamlakatimizda 7 Dekabr 2021 7808

    8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan respublikamizda targʻibot tadbirlari keng miqyosida oʻtkazilyapti.

    Bu kabi tadbirlar ayniqsa taʼlim muassasalarida oʻtkazilayotgan tarbiya va ijtimoiy fanlar oyligi tadbirlariga hamohang oʻquvchilarning tashabbuskorligi va takliflari asosida yanada qiziqarli tashkil qilinyapti.

    Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida tuman Maʼnaviyat va maʼrifat maskani kutubxonasi va tuman adliya boʻlimida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29 yoshda!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan oʻquvchilarga tadbir uchun alohida kiyimlar tayyorlab berildi. Ularning Konstitutsiyaviy huquq fanidan bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar, oʻquvchilar bilan Konstitutsiyamizning ahamiyati, unda inson huquqlari va erkinliklari, burchlariga qaratilgan eʼtibor haqida suhbat oʻtkazdilar.

    Tadbir yakunida oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini maktabdoshlari va oila aʼzolari bilan birgalikda chuqur oʻrganishga kirishganini bildirdilar!

    D.Tajimuratova,

    Xorazm viloyati Yangibozor tumani

    31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining

    huquq fani oʻqituvchisi.