Klublar o'rtasidagi JCHda 32 jamoa qatnashadi

    Bu haqda Janni Infantino ma'lum qildi

    Ma'lumki, futbol bo'yicha to'rt yilda bir marta terma jamoalar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionatidan tashqari, har yili klublar o'rtasida ham jahon chempionati bo'lib o'tadi. Unda, turnirning formatiga ko'ra, 6 qit'a chempioni va mezbon ishtirok etadi.

    FIFA prezidenti Janni Infantino 2025 yildan boshlab klublar o'rtasidagi chempionat yangi formatda o'tkazilishini aytdi:

    “Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi tizimi yaratiladi. 2025 yildan boshlab turnirda 32 jamoa qatnashadi. Ushbu turnir ham milliy jamoalar ishtirokidagi jahon chempionatiga o'xshash bo'ladi”, – dedi u.

    SHu o'rinda ta'kidlash lozimki, Evropaning top jamoalari klublar o'rtasidagi yangilangan jahon chempionatiga salbiy munosabat bildirishmoqda.