Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qilindi.
2023-yil 18-yanvar holatiga:
Suyakli mol goʻshti (1 kg) 49 500 – 80 000 soʻm
Qoʻy goʻshti (1 kg) 54 000 – 91 000 soʻm
Kartoshka (1 kg) 3500 – 7000 soʻm
Piyoz (1 kg) 3500 – 10 000 soʻm
Sabzi (1 kg) 2500 – 5 500 soʻm
Tuxum (10 dona) 11 000 – 18 000 soʻm
Guruch (1 kg) 6500 – 28 000 soʻm
Oʻsimlik yogʻi (1 l) 16 000 – 30 000 soʻm
Shakar (1 kg) 11 000 – 14 000 soʻm
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.









