“Yevropada ham, Amerikada ham mahalliy bozorni toldirish uchun yetarlicha ishlab chiqarish hajmi yoʻq, shuning uchun importga bogʻliqlik haddan ziyod koʻp, yaʼni shakarning rejalashtirilgan hajmlardan kelib chiqib yetkazib berilmagani haqidagi baʼzi yangiliklar darhol narxlarning oshishiga olib keladi”, deb tushuntirdi Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining moliyaviy menejment kafedrasi mudiri Konstantin Ordov.
Yevropa mamlakatlariga shakar Braziliyadan keltiriladi. Mazkur mamlakatda yiliga 37 million tonnadan ortiq shakar ishlab chiqariladi. Ikkinchi oʻrinda Hindiston. Tailand shakar plantatsiyalariga ham boy boʻlib, u yerda 10 million tonna shakar ishlab chiqariladi.
Dunyoda ishlab chiqarilgan shakarning qariyb 80 foizi shakarqamishdan olinadi. Va faqat 20 foizi qand lavlagidan. Qamishning narxi lavlagidan ancha arzon.
Shakar narxining oshishiga asosiy sabab yetkazib berishning qisqarayotganidir. Hindiston ichki narxlarning oshishi sababli tovar eksportini cheklashga qaror qildi. Bundan tashqari, neft narxining oshishi tufayli Hindiston zavodlari etanol ishlab chiqarishga koʻproq qamish xomashyosini joʻnatishni boshlashdi. Hindiston uchun yoqilgʻi ishlab chiqarish endi foydaliroq. Benzin narxining koʻtarilishi tufayli Braziliyadan yetkazib berish qisqardi. Bu aholini bioyoqilgʻiga oʻtishga majbur qilmoqda. Shakarqamishining salmoqli qismi esa ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketmoqda.
“Hindistonda qayta ishlash hajmi kutilgan hajmlarga mos kelmaydi. Braziliyada ham muayyan muammolar mavjud. Ular shakarning asosiy ishlab chiqaruvchilaridir. Va logistika nuqtayi nazaridan bu zanjirlarning barchasi dunyo uchun yetarli emas. Shakar mahalliy darajada tanqis boʻlgan oʻziga xos tovarga aylanib bormoqda”, — dedi Konstantin Ordov.
Shakar narxining oshishi munosabati bilan tahlilchilar uning kamomadini bashorat qilishmoqda. Bu esa boshqa mahsulotlar narxining oshishiga olib keladi, deb xabar beradi mir24.tv.









