Tadbirlarda jami 600 dan ziyod ishbilarmon ayollar va oʻz biznesini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan yosh qizlar, blogerlar, sanʼatkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari, moliya institutlari vakillari, xorijlik biznes ekspertlar ishtirok etishdi. Faol tadbirkor ayollarning netvorkinggi (klub) ham vujudga kelgan.
Loyihalarning mantiqiy davomi hamda yil davomida tanilgan, muvaffaqiyatli biznes vakillari orasida eng samarali faoliyat olib borgan ayol tadbirkorlarni eʼtirof etish maqsadida Nest One majmuasida “AYOL VA BIZNES” GALA AWARDS – 2022 taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
“Yilning eng faol biznes blogeri”, “Ayollarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi yirik loyihalar tashkil etgan yil tadbirkori”, “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar tashabbuskor tadbirkori”, “Eng muvaffaqiyatli oilaviy biznes” va shu kabi 10 ta nominatsiya boʻyicha eng faol tadbirkor ayollar taqdirlandi.











