Ispaniyaning Valensiya shahrida toʻrt kunlik ish haftasini joriy etish boʻyicha tajriba boshlandi, deb xabar bermoqda yetakchi axborot agentliklari.
Qayd etilishicha, xodimlar 10-apreldan boshlab bir oy davomida ushbu jadval asosida ishlashni boshlagan. Ularning ish kuni 8 soat davom etadi. Bunday qaror shahar hokimiyati tomonidan kasaba uyushmalari, turli muassasa va kompaniyalar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida qabul qilindi. Telekanal xabariga koʻra, eksperimentdan maqsad 32 soatlik ish haftasining aholi farovonligi, iqtisodiyoti va shahar atrof-muhitiga taʼsirini oʻrganishdan iborat.
Test chorasining joriy etilishiga, jumladan, dam olish kunlarining oyning uch dushanbasiga toʻgʻri kelgani ham yordam bergan. Antena 3 xabariga koʻra, tajriba natijalari iyul oyida shahar kengashi qoshidagi Las-Naves innovatsion markazida yakunlanadi.
Avvalroq, Ispaniya hukumati kompaniyalarga ishchilarning ish haqini kamaytirmagan holda ish haftasini qisqartirganliklari uchun 150 ming yevrogacha toʻlash qarori haqida maʼlum boʻlgan edi. Tashabbus uchun 10 million yevro ajratilishi, unda 60-70 ta kichik va oʻrta korxonalar ishtirok etishi mumkinligi maʼlum qilindi.








