Ishlab chiqaruvchi avtomobil sinovlari aks etgan videoni namoyish etdi.
Ushbu avtomobilni taksi sifatida ishlatish koʻzda tutilgan. Seaglider suvda suzish, bir vaqtning oʻzida 12 tagacha odamni tashish, 300 kilometr masofagacha parvoz qilish, soatiga 300 kilometr tezlikda uchish imkoniyatiga ega.
Avtomobil elektr dvigatellari vositasida harakatlanadi. Bu Seagliderni ekologik toza avtomobilga aylantiradi. Qanotlari kengligi — 5,5 metr.
Ishlab chiqaruvchi allaqachon ushbu “uchar dengiz qushi”ni sotib olish uchun oldindan buyurtmalar olgan. Bir yil ichida oldindan buyurtmalarning umumiy miqdori 7 milliard dollarni tashkil etdi. Ularning 18 million dollari Seagliderning ikkinchi avlodini ishlab chiqishga yoʻnaltiriladi. Birinchi xaridorlar oʻz avtomobillarini 2025-yil boshida olishadi.
Kelajakdagi qanotli mashinalar 50 kishini sigʻdira olishi mumkin boʻladi. Qanotlari esa 19,8 metrni tashkil qiladi hamda ikki barobar uzoqroqqa ucha oladi, deyiladi hi-tech.mail.ru saytida.









