Dunyo adabiyotida, musiqasida, tasviriy san'atida Amir Temur haqida yaratilgan ilk asarlar

    Madaniyat 16 Dekabr 2022 4776

    Sohibqiron bobomiz haqida Sharqning o'zida olti yuzdan ortiq, butun dunyoda esa mingdan ziyod kitob yozilgan va yozilmoqda. Hali dunyoda hech kim haqida, hech bir arbob yoki sarkarda to'g'risida shunchalar ko'p kitob yozilmagan. Bu ulug' bobomizning jahonshumul zot ekanligini yaqqol ko'rsatib turibdi.

    Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi(1403-1406)” Yevropa tillarida eʼlon qilingan birinchi yozma manbalar qatoriga kiradi.

    Buyuk rassom Rembrandt Boburiylar zamonidagi hind miniatyuralaridan ilhomlanib, Amir Temur va uning vorislarini portretda aks ettirib abadiylashtirdi. Rassom Amir Temurni valiahdlar Umarshayx, Zahiriddin Bobur, Humoyun va Akbarlar davrasida tasvirlaydi.

    XVI asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning “Buyuk Temur”(1587) nomli oʻlmas tragediyasida yosh Temurbek matonatli qahramon, yengilmas bahodir, oʻzining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi purqudrat podsholardan biriga aylangani taʼriflanadi. Tragediya XVII asrgacha sahnadan tushmagan. Angliyada Shekspir qirollik teatri hamisha teatr mavsumini shu spektaklm bilan boshlaydi.

    Bir necha evropalik bastakorlar musiqiy asarlarda Amir Temur obrazini yaratganlar. XVII asr boshida italyan bastakori Gaspirni “Amir Temur” operasini yaratdi, opera Vena teatrida sahna yuzini koʻrdi, bastakor Leo esa uni Neapol teatrida qoʻydirdi.

    Antonio Vivaldi, Skolari, Gendel va boshqa bastakorlar ham bu mavzuda musiqa asarlari yaratganlar.