Suyultirilgan gaz ta'minotida muammolar bo'lmaydi

    Ayni paytda Toshkent viloyati bo'ylab “Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali tomonidan 43 ming 642 ta iste'molchiga bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

    Filial tomonidan iste'molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimli yo'lga qo'yilgan. Xususan, buning uchun 1 ta “MAN”, 19 ta “ISUZU” va 1 ta “Gazel” rusumli avtotransport vositalari xizmat ko'rsatmoqda.

    2022-yil mobaynida Toshkent viloyatining tabiiy gaz yetib bormagan aholi honadonlariga jami 6625,590 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

    “Hududgazta'minot” AJ tomonidan raqamli texnologiyalar joriy etilgani natijasida iste'molchilarga yetkazib berilgan gaz uchun hisob-kitoblar ID kartalar orqali amalga oshirilmoqda.

    Viloyatda 4 ta gaz to'ldirish shoxobchasi gazni qayta ishlab chiqarish zavodlaridan keltirilgan suyultirilgan uglevodorod gazini to'kib olish, saqlash va maishiy gaz ballonlariga to'ldirib berishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda faoliyat yuritmoqda.

    Xodimlarning mehnati va dam olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.

    Ma'lumot uchun, 2023-yilning ilk haftasida aholiga 48,380 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi va 2023-yilning birinchi choragi mobaynida aholi va ijtimoiy soha ob'ektlariga 1650 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.