Chevrolet Spark avtomobili ishlab chiqarilishining toʻxtatilishi rejalashtirilmagan — UzAuto Motors

    Sanoat 8 Fevral 2022 5937

    Ijtimoiy tarmoqlarda General Motors 2022-yil avgust oyida Chevrolet Spark avtomobili ishlab chiqarilishini toʻxtatishi haqida xabarlar tarqaldi.

    Baʼzi manbalarda esa, bu xabar Oʻzbekistonda Spark avtomobili ishlab chiqarilishi toʻxtatildi deb izohlandi.

    UzAuto Motors kompaniyasi ushbu xabar Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqarish rejasiga taaluqli emasligini rasman maʼlum qildi.

    Xabar aytilishicha, joriy yilning iyul oyida Oʻzbekistonda Tracker avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Chevrolet Spark avtomobili ishlab chiqarilishining toʻxtatilishi rejalashtirilmagan.

    Isteʼmolchilardan turli xil mish-mishlarga berilmaslikni va faqat ishonchli va rasmiy axborot kanallariga ishonish soʻraldi.