Masalan, hozirda chet elda ishlayotgan vatandoshlarimizning aksariyati oddiy va ogʻir, kam ish haqi toʻlanadigan mehnat bilan shugʻullanmoqda.
Yevropa, Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan juda katta kelishuvlar doirasida 150 mingta ishchiga buyurtma berilgan boʻlsa-da, bor-yoʻgʻi 9 ming ishchi yuborildi.
Shu munosabat bilan tashqi mehnat migratsiyasi tizimidagi ishlarni lozim darajada tashkil qilish muhimligi qayd etildi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ish oʻrinlarini yaratish va aholini kasbga oʻqitish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etib, 100 ming ishchiga kasb-hunar va til oʻrgatib, uyushgan holda chet el korxonalariga ishga yuborish vazifasi qoʻyildi.
Ayni paytda yigʻilishda iqtisodiy kompleks hamda hududlar rahbarlarining axboroti tinglanmoqda.









