“BYD HAN” yarim mlrd soʻmlik qarzi sababli, auksionda sotiladi

    Kredit mijozlar uchun bir imkoniyat, toʻlov esa majburiyatdir. Biroq bu tushunchani fuqaro unga tegishli boʻlgan transport vositasi xatlanganidan soʻng his qiladi.

    Qarzdorga berilgan muddatda qarz summalari qoplanmagan, qarzdor qonun talabi asosida berilgan muddat ichida xulosa chiqarib, bank oldidagi kredit summalarini toʻlamagan.

    Oqibatda elektromobil yarim mlrd. soʻmdan ziyod boʻlgan kredit qarzdorligini soʻndirish maqsadida sotiladigan boʻldi. Xususan, Byuroning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi ish yurituvida FIB Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor I.J.dan “Trastbank” ATB Bektemir filiali foydasiga 578 mln. 67 ming soʻm qarzdorlik undirish va undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan “BYD HAN” avtotransport vositasiga qaratish toʻgʻrisidagi ijro ishi mavjud.

    Ijro hujjati boʻlim davlat ijrochisi Sh.Mirzayev ish yurituviga berilgan boʻlib, mazkur ijro xujjat yuzasidan, qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlik qoplanmaganligi sababli, “BYD HAN” xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtrilib, auksion savdolariga chiqarilgan.

    Joriy yilning 3-mart kuni auksion savdo kuni belgilangan. Avtotransport vositasi sotilganidan soʻng, pul mablagʻlari undiruvchi bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.